Uelslik futbolchi muxlislarni xafa qilmoqda.
Garet Beyl hozirgi kunda "Madrid" muxlislarining diqqat markazida. "U fantastik futbolchi va biz xohlaymiz u har doim yuqori formada bo'lishini", - deydi Santiago Solari. Argentinalik murabbiy Beylni mavsum boshidagi formasida bo'lishini xohlamoqda. Voxalanki Beyl "Valyadolid"ga qarshi o'yinda ham omadsiz harakat qildi.
"Valyadolid"ga qarshi baxsda Beyl 71 daqiqa harakat qildi va Masip darvozasi tomon 2 ta zarba yo'lladi, lekin zarbalarning birortasi ham xavfli chiqmadi.
Uchrashuvda Lukas Beyl o'rniga maydonga tushganda muxlislar uelslik futbolchi tomonga xushtakbozlik uyishtirdi. "Levante"ga qarshi o'yinda ham Beyl xushtakbozlikga uchragan edi.
Kechagi o'yinda Garet o'zining antirekordini yangiladi. U ketma-ket 7 ta o'yindan beri gol ura olmayapdi.
Bobojonov