Serhio Regilon "Real Valyadolid" klubiga qarshi uchrashuvdan so'ng intervyu berib o'tdi.
"Bu g'alaba jamoaga katta ishonch keltirdi. Bu g'alaba bizga kerak edi. Biz sabrlilik qilib o'z vaziyatimizni kutdik va gol kirita oldik. Qanday g'alab qozondik bu muhim emas, eng asosiysi 3 ochko.
Shaxsan bu men uchun eng muhim g'alaba bo'ldi, Chempionlar Ligasidagi debyutimda mag'lub bo'ldik, bu mening yuragimga qattiq zarba boldi. Men o'z uyimda g'alaba qozonishni juda xohlagan edim.
Solari "Real Madrid"ni juda yaxshi biladi. U futbolchi sifatida ham yaxshi futbolchi bo'lgan. Serhio Ramos bilan mojoro. Futbolda bunday xolatlar bo'lib turadi. Serhio bu vaziyatdan keyin mendan uzr so'radi va biz u bilan juda yaxshi munosabatdamiz. U mening sardorim va hammasi joyida. Men u uchun o'lishga tayyorman (maydon nazarda tutilgan)", - deydi Regilon.
Bobojonov