«Real» prezidenti Florentino Peres hujumchi Krishtianu Ronalduni yolg'izlatib qo'ymaslikka qaror qilgan.
Mulozim futbolchiga Ispaniya prokuraturasi tomonidan qo'yilgan ayblov yuzasidan har tomonlama yordam berishini aytgan. Krishtianu bundan mamnun bo'lgan va «Real»ni tark etishi haqidagi fikridan qaytgan, deb xabar bermoqda As.
Endi Konfederatsiyalar kubogi musobaqasi yakuniga etganidan so'ng, Peres va Ronaldu bu haqda batafsil gaplashib olishadi.