Frantsiya kassatsiya sudi 11 iyul kuni «Valbuena – Benzema ishi» bo'yicha yakuniy qaror chiqaradi.
Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, 2015 yilda jinoyatchilar Matyo Valbuenaga tegishli bo'lgan shaxsiy videoni oshkor qilish bilan tahdid solib, undan katta miqdorda pul mablag'larini undirib olishga harakat qilgan edi. Video Benzemaning telefoniga yozilgani sababli, tergovchilar bu ishga uning aloqasi borligini gumon qilishgandi. Ammo futbolchi bu ayblovlarni rad qildi. Biroq sud Benzemaning undan ayblovni to'liq olib tashlash haqidagi arizasini qanoatlantirmadi.