"Real" futbolchilari Vinisius Junior va Ashraf Xakimi "Golden Boy" sovrini uchun yakuniy 20 nafar futbolchilar ro'yxatiga kiritildi.
Ushbu sovrin 21 yoshgacha bo'lga Yevropa klublarida to'p surayotgan futbolchilardan biriga topshiriladi. Bular orasida 18 yoshli Vinisius hamda 19 yoshli Ashraf Xakimilar ham joy olgani quvonarli albatta.
Shuningdek, qolgan nomzodlar: Alexander-Arnold (Liverpul"), Amian ("Tuluza"), Auar ("Lion"), Yosip Brekalo ("Wolfsburg"), Patrik Kutrone ("Milan"), Dani Olmo ("Dinamo Zagreb"), Devis, De Ligt ("Ayaks"), Diogo Dalot ("Manchester Yunayted"), Eder Militao ("Portu"), Edouard ("Seltik"), Foden ("Man Siti"), Gedson Fernandes ("Benfika"), Haidara ("Lans"), Ikone ("Lill"), Justin Kluivert ("Roma"), Mbappe ("PSJ"), Upamekano (RB Leypzig").
Yil oxirida ushbu sovrinni Tuttosport nashri 20 ta davlatdan kelgan 30 nafar hakamlar bilan birgalikda (10, 7, 5, 3, 1 ball) g'oliblarni aniqlaydi.