Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Moskvaning “Spartak” klubida ish boshlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berishni istamadi.
“Sizlardan uzur so'rayman. To'g'ri, bu sizlarning ishingiz, biroq bu savolga javob berishni vaqti emas”, deydi Lopetegi.
Eslatib o'tamiz, Moskvaning “Spartak” kulib hozirda murabbiy izlamoqda. Avvalroq ular jamoa bosh murabbiyi Massimo Karrerani iste'foga chiqargan edi.