"Melilya"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Santiago Solari press-konferensiyada ishtirok etdi.
"Baxolashga kelsak, men maktab davrida baxolashni yomon ko'rardim. Menimcha jamoa quvonch va sadoqat bilan o'ynadi. Oson o'yin bo'lmadi, garchi natija buni aksini ko'rsatayotgan bo'lsada. Biz bu natijadan qoniqishimiz kerak.
Vinisius? Men har bir futbolchini kuzatdim. U juda yosh yigitcha. Unda katta iste'dod bor, biroq u hali yaqinda 18 ga to'ldi. Vinisius yangi davlatda, yangi do'stona munosabat, o'zgacha madaniyat, o'zgacha futbolchi, boshqa jamoaga keldi. Men u bugun 90 daqiqa o'ynaganidan xursandman, ammo men barcha futbolchilardan qoniqdim. Biz Sebalyos, Asensio, Lukas va Odriosolalarning xizmatlarini ham unutmasligimiz kerak.
Kurtua yoki Navas? Kuzatamiz, nima yuz berarkan".
Bobojonov