"Real" bosh murabbiyi vazifasini baaruvchi Santyago Solari Ispaniya kubogining 1/16 finalida "Melilya"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi (4:0).
"Men jamoaning o'yinidan mamnunman - Asensildan, Sebalosdan, Odriosoladan va Vaskesdan. Ramos boshlang'ich tarkibda tushishga tayyor edi. U bizning kemamiz kapitani. Serxioning palubaga chiqib, jamoaga yo'l ko'rsatishi muhim edi. Ramos har doim kerak bo'lgan joyda paydo bo'ladi.
Vinisius birinchi daqiqalardan o'ynadi, u hali ancha yosh. U 18 yoshda, Ispaniyaga endigina keldi. Uning uchun bu yangi mamlakat, yangicha usul. U yangi dunyoga moslashishi kerak. U qadam tashlagani sari o'sadi va uning iqtidorini ko'ramiz", - deydi Solari.