«Real» prezidenti Florentino Peres «Chelsi» sobiq bosh murabbiyi Antonio Kontening variantidan voz kechdi.
"Qirollik klubi" rahbari qishki transfer paytida Eden Azarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Italiyalik murabbiy esa "Chelsi"da ishlayotgan paytda belgiyalik futbolchi bilan munosabatlarini yomonlashtirib qo'ygan. Konte "Real"da ish boshlaydigan bo'lsa, Azarning transferiga qarshilik bildirishi tayin.
Avvalroq «Real» Konte bilan muzokara o'tkazgandi. Azar esa, jamoa ushbu murabbiy bilan shartnoma imzolanadigan bo'lsa, Madridga kelmasligini ma'lum qilgan. Shu bois, Azarning muxlisi bo'lgan «Real» prezidenti futbolchining foydasini ko'zlab, Konte variantidan voz kechdi.