«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinoning masaahatchisi Ispaniya prokuraturasi tomonidan mutaxassisga qo'yilayotgan soliq to'lamaganlik borasida ayblovga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
Ispaniya prokuraturasi 54 yoshli portugaliyalik murabbiy 2011-2012 yillar davomida umumiy miqdorda 3,3 million evro soliq to'lamaganlikda ayblagani haqida xabar tarqalgandi.
«Matbuotda e'lon qilingan yangilik borasida Mourino hech qanday ogohlantirish olmadi. Hozirda na Ispaniya soliq organlari va na prokuror Mourino yoki uning maslahatchisi bilan aloqaga chiqdi.
Joze 2010 yilning iyun oyidan 2013 yilning may oyiga qadar Ispaniyada yashagan hamda 26 million evrodan ortiq soliq to'lagan. Bunda soliq stavkasi 41 foizdan ortiqroqni tashkil qilgan.
U 2015 yilda ispan soliq idoralari tomonidan bildirilgan taklifni qabul qildi va shartnoma tuzdi. O'z navbatida Ispaniya hukumati Soliq departamenti orqali Mourino barcha majburiyatlarni bajargani haqida guvohnoma bergan», – deyiladi Mourinoning maslahatchisi bayonotida.