AS nashri xabariga ko'ra "Real" hali hamon o'ziga murabbiy topmadi.
Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra klubi Antonio Konte bilan yana bir bor muzokara o'tkazib ko'radi. Xabarlarga ko'ra, Konte Santiago Solari o'rnini egallaydigan yagona nomzod bo'lib turubdi.
Solari ixtiyorida 4 ta uchrashuv bor va u ushbu o'yinlarda o'z kelajagini belgilab oladi. Oldinroq Konte va "Qirollik klubi" maosh borasida kelisha olmayotgani haqida aytib o'tgan edik.
Olingan ma'lumotga ko'ra Antonio "Real"dan yiliga 10 mln yevro maosh talab qilmoqda, Peres esa 8 mln yevrodan ko'p bermoqchi emas.
Bobojonov