Daniyalik mutaxassis Mikael Laudrup o'zining "Real" bilan muzokara olib borgani haqidagi OAVda tarqalgan xabarlarni inkor qildi.
"Ikki hafta davomida Ispaniya matbuoti men o'zimni "Real"ga taklif qilganim haqidagi xabarlardan bezovta bo'ldim. Hozir Florentino Peresning taklifini rad etgan emishman. Bu narsalar yolg'on va nima uchun men haqimda bunday yozishyapti, hayronman, tushunmayman", - deydi Laudrup.