"Real" sardori Serxio Ramos o'z tvitterida jamoadagi muammo haqida gapirdi va Ispaniya kubogida "Melilya"ga qarshi o'yin ushbu mavsumda burilish nuqtasi bo'lishiga umid bildirdi.
"Muammolarni bilamiz va yuzaga kelgan vaziyat uchun ma'suliyatni his qilamiz. Ammo hozir gapirish emas, harakat qiladigan vaqt. Bugun birinchi qadam qo'yiladi", - deydi Ramos.
Ispaniya kubogi 1/16 finalining "Melilya" - "Real" uchrashuvi bugun, 31 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.