"Real" rahbariyati Xulen Lopetegini iste'foga chiqarganidan so'ng, Antonio Konte bilan shartnoma imzolashni istagandi. Ammo, kutilmaganda, tomonlar hamon bir to'xtamga kela olishmayapti.
"Marka" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, italiyalik mutaxassis "Qirollik klubi" rahbariyati oldiga qishki transfer paytida bir himoyachini sotib olish talabini qo'ygan. Bu orqali Konte jamoani 3-4-3 taktik sxemasi ostida o'ynatishni ko'zlagan. "Real" rahbarlariga esa jamoaning bunday taktika ostida o'ynashi mumkinligi yoqmayapti.
Eslatib o'tamiz, Antonio Konte "Chelsi"ni qabul qilib olgan dastlabki mavsumda 3-4-3 sxemasi orqali Angliya premer-ligasida g'olib chiqqandi.