"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini "PSJ"da davom ettirish borasida bosh qotirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishni istagandi, ammo "qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourino ushbu transferga qarshilik qildi. Shu bois, Ronaldu bor e'tiborini "PSJ" bilan muzokaralarga qaratdi.
"PSJ" prezidenti Nossir al-Xelayfiy "Real" rahbari Florentino Peres va Krishtianu bilan yaxshi munosabatga ega. U 2012 yildayoq Ronalduni sotib olishni istagandi. O'shanda portugaliyalik hujumchi "Real"dan ketishi mumkinligi haqida gapirgan bo'lsa, "PSJ" uning transferi uchun 120 mln evro to'lashga tayyor bo'lgandi. Hozirgi kunga kelib 32 yoshli futbolchining transfer narxi 200 mln evroga etishi va bu futbol tarixidagi rekord transferga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 31 iyul kuni Ronaldu Ispaniya prokuraturasida soliq to'lamaganlik ayblovi yuzasidan ko'rsatma beradi.