"Real" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Antonio Pintus o'z lavozimiga qaytdi.
Italiyalik mutaxasis jamoaning jismoniy xolatiga javob beradi va Santiago Solari bilan ish olib boradi. Xulen Lopetegi ishlayotgan paytda Pintus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha bosh murabbiy Oskar Karoning yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan edi. Karo bilan Lopetegi Ispaniya terma jamaosida birga ishlagan.
Eslatib o'tamiz, Pintus Zidan bilan birga "Real" murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan edi.
Bobojonov