«Milan» klubi iqtidorli darvozabon Janluiji Donnarumma bilan yangi shartnoma imzolash niyatidan qaytmayapti.
Ayni paytda klub 18 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokara o'tkazmoqda. Bundan tashqari, «rossoneri» rahbariyati yangi darvozabon izlash ishlarini ham to'xtatib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, Donnarummaning amaldagi shartnomasi 2018 yil yozigacha mo'ljallangan. U bilan PSJ va «Real» klublari qiziqmoqda.