Daniyalik murabbiy Mikael Laudrup «Real»ni boshqarish borasida tushgan taklifga rad javobini berdi. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" Antonio Konte bilan kelisha olmaganidan keyin Laudrup jamoa prezidenti Florentino Peresning ro'yxatidan o'rin olgandi. Ammo murabbiy hozircha "Madrid"ni boshqarishga tayyor emasligini ma'lum qilgan. Klubda yuzaga kelgan murakkab vaziyat tufayli Mikael o'z kelajagini "Real" boshqaruvida ko'ra olmagan.
Eslatib o'tamiz, Laudrup 1994-1996 yillari “Real Madrid”da, 1989-1994 yillari esa “Barselona”da to'p surgan. Murabbiy bungacha “Spartak”, “Brondbyu”, “Xetafe”, “Malorka”, “Suonsi”, Qatarning “Laxviya” va “Ar-Rayyan” klublarida faoliyat yuritgan.
«Kastilya» bosh murabbiyi Santyago Solari "Real"ni vaqtincha boshqaruvchi murabbiy etib tayinlangan. Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "qaymoqranglilar"ni boshqarishi mumkin bo'lgan da'vogarlar safiga kirgan.