Daniyalik mutaxassis Mikael Laudrup “Real Madrid”ni boshqarishni xohlamadi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, Madrid klubi Antonio Konte bilan kelisholmagach, Laudrup bilan bog'langan biroq rad javobini olgan.
Eslatib o'tamiz, Laudrup futbolchilik vaqtida “Barselona” va “Real”da to'p surgan. Murabbiy sifatida u “Spartak”dagi faoliyati bilan tanilgan.