Madridning “Real” klubi jarohatlar epidemiyasiga duchor bo'ldi. Ayniqsa jamoaning himoya chizig'ida muammolar talaygina.
Bugungi mashg'ulotlarda “qaymoqrannglilar”ning bor yo'g'i 4 nafar himoyachisi qatnashdi. Bular: Alvaro Odriosola, Serxio Ramos, Nacho Fernandes va Serxio Regilon.
Shuningdek, “qirollik klubi” himoyachilaridan 4 nafari jarohat olgan, bular Dani Karvaxal, Marselo, Rafael Varan va Xesus Valexolardir. Ma'lumot uchun mazkur himoyachilarning barchasi kamida 2 haftani o'tkazib yuborishadi.