Madridning “Real” klubida vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Santyago Solari jamoaning Ispaniya Kubogi doirasida “Melilya”ga qarshi o'yinidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz bu o'yinda nimaga qodir bo'lsak barchasini ko'rsatishimiz kerak. Bu o'yinning intiqlik bilan kutmoqdamiz. “Melilya”ga qarshi o'yinida jamoa xarakter ko'rsatishi kerak.
Bizning jamoada qiyin damlarni boshdan kechirayotgan chempionlar yig'ilgan. Biroq xarakter namoyish qilishimiz va bu vaziyatni o'nglashimiz kerak”, deydi Solari.
Eslatib o'tamiz, “Melilya” – “Real” bahsi 31-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.