Sky Sport Italia jurnalisti Jovanni Gvardala "Chelsi"ning sobiq ustozi Antonio Kontening keyingi faoliyatiga doir variantlar haqida fikr bildirdi.
"Konte ta'tildan so'ng Londonga qaytadi. Hozir uning kelajagi borasida ko'p mish-mishlar tarqalmoqda, "Real" uni taklif bilan og'dirmoqchi, ammo unga "Manchester Yunayted" yoqadi. U erda Pogba kabi o'yinchilar bor, murabbiy uni "Yuventus"da shug'ullantirgan. Yoki Aleksis Sanches, Errera va Lukaku - bu o'yinchilarni Antonio doim orzu qilgan. Hozircha "Real" bilan hech narsa hal bo'lmagan", - deydi Gavardala.