"Real"ni Roberto Martines boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis agar madridliklar bilan kelishadigan bo'lsa, Belgiya futbol federatsiyasi bunga qarshilik qilmaydi, deya xabar beradi Cadena Ser.
Belgiya termasi Millatlar ligasida 15 va 18 noyabr kunlari ikkita uchrashuv o'tkazadi, shundan so'ng Martines qo'yib yuborilishi mumkin.
Belgiya termasi JCh-2018da Martines boshqaruvida 3-o'rinni egalladi.