Sobiq "Barselona" futbolchisi Mark Krosas "Real" prezidenti Florentino Peresni tanqid qildi.
"Lopetegi uchun xafaman. Messisiz ammo, Suarez va Alba bilan "Barselona" "Real"ni tiz cho'ktirdi. Peres haqida nima deyman? 4 oy ichida Ispaniya terma jamoasini va tarixdagi eng kuchli "Real"ni yo'q qildi", - deydi Krosas twitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Florentino Peres JCH boshlanishiga 2 kun qolganida Lopetegi bilan shartnoma imzoladi va bu xolat Ispaniya Futbol Federatsiyasiga manzur bo'lmadi. Shu tariqa terma jamao 2 kun qolganda murabbiysiz qoldi va Fernando Yerro bilan jahon chempionatiga yo'l oldi. Natijada Ispaniya 1/8 finaldan uyog'iga o'ta olmadi, Xulen Lopetegi esa 4 oydan so'ng iste'foga chiqarildi.
Bobojonov