"Real" prezidenti Florentino Peres jamoaning 21 yoshli futbolchisi Marko Asensio haqida fikr bildirdi.
"Asensio kelajakda dunyo darajasidagi futbolchi bo'lib etishadigina emas, balki "Oltin to'p"ni ham yuta oladigan o'yinchidir. Buning uchun unda hamma narsa bor. U kamtar, mehnatkash, aqlli va jamoaviy o'yinchi. Jamoadaoshlari uning imkoniyatlarini biladilar. U "Real"da debyut mavsumini o'tkazdi va juda yaxshi uddaladi.
Asensio Primeraning o'tgan mavsumida 23 o'yinda 3 ta gol urdi va ikkita golli uzatma oshirdi.