Madridning “Real” klubi rahbariyatibosh murabbiy tayinlovi bo'yicha bir qarorga keldi.
Ma'lum bo'lishicha, Xulen Lopetegi iste'fosidan so'ng uning o'rnini “Kastilya” murabbiy Santyago Solari vaqtincha egallaydi.
Yaqin manbalarning xabariga ko'ra,Solari “Real”da 15 kun atrofida ishlashi kutilmoqda. Shundan keyin “Real”eng yaxshi nomzodlardan biri bilan shartnoma imzolaydi. Solari “Real”niIspaniya kubogidoirasida“Melil”ga qarshi tayyorlaydi. O'yin 31 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “qirolllik klubi” italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan shartnoma bo'yicha kelisha olmagan edi.