Madridning “Real” klubi Antonio Konte bilan kelisha olmagach, boshqa murabbiy izlashni boshladi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, madridliklar Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Manbaning ma'lum qilishicha, Martines variantini amalga oshirish imkoniyati pas, shu sababga ko'ra, Santyago Solari jamoaga yangi murabbiy kelguncha, “qirollik klubi” futbolchilarini boshqaradi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “qirolllik klubi” italiyalik mutaxassis Antonio Konte bilan shartnoma bo'yicha kelisha olmagan edi.