“Chelsi” sobiq murabbiyi Antonio Konte “Real”da ish boshlamasligi ham mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, madridliklar italiyalik mutaxassis bilan shartnoma borasida kelisha olmagan. Shu sababga ko'ra, “Real”ni boshqarishga “Kastil” klubi murabbiyi Santyago Solari da'vogarlik qilmoqda.
“Real” Konte bilan moliyaviy tomonlama kelisha olmagan, jurnalist Janluka Di Martsioning ta'kidlashicha, murabbiy o'ziga kafolat ta'lab qilgan.
Eslatib o'tamiz, “Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hozircha o'z postida qoldi. U hatto “qirollik klubi”ning bugungi mashg'ulotlarini ham o'zi olib borgan.