Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu France Footbal nashriga intervyu berib o'tdi.
"Men "Madrid" libosida juda ko'p yaxshi damlarni o'tkazdim. Hamisha bular xotiramda qoladi, "Qirollik klubi" tarkibida 9 yil o'ynadim. Ammo prezident Florentino Peres meni so'nggi yillarda futbolchi sifatida ko'rmadi, pul ishlash xayolida edi. Men bilaman u aytgan so'zlari yurakdan chiqmagan. Peresning menga bo'lgan munosabati o'zgargan edi, u meni ortiq lider sifatida ko'rmadi. Aynan o'sha omil meni klubni tark etishga qaror qilishimga majbur qildi. Mening ketishim haqida birinchi mish-mishlar tarqalganda, Peres bunga hech qanday munosabat bildirmadi.
Agar men pul ishlashni o'ylaganimda Xitoyga ketgan bo'lar edim, u yerda "Yuve"da olayotgan pulimning besh baravarini olaman. Mening klubdan ketishimga Zidan ketishining umuman a'loqasi yo'q. Bunga yagona sababchi Peres", - deydi Ronaldu.
Bobojonov