Antonio Konte "Real"ni boshqarmasligi mumkin.
Madridliklar italiyalik mutaxassis bilan shartnoma borasida kelisha olmayaptilar. Shu sababli "Qirollik klubi"ni Santyago Solari boshqarishi mumkin.
"Real" va Konte shartnoma bandlari, shu jumladan moliyaviy tomondan bir fikrga kela olmayaptilar. Jurnalist Janluka di Martsio xabariga ko'ra, mutaxassis madridliklardan ma'lum kafolat istamoqda.
Eslatib o'tamiz, amaldagi bosh murabbiy Xulen Lopetegi rasman iste'foga chiqarilgani yo'q va bugun ertalab jamoani shug'ullantirgan.