Londonning “Chelsi” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Alvaro Morata uchun kurashga qo'shildi.
AS xabariga ko'ra, “Chelsi” vakillari Krishtianu Ronaldu va “Manchester Yunayted” o'rtasida davom etayotgan mish-mishlardan unumli foydalanib, Moratani o'z tomoniga og'dirib olmoqchi.
O'z navbatida mankunianlar Morata va Ronalduni birdaniga qo'lga kiritmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda Primeraning 26 o'yinida maydonga tushib, 15 gol urishga muvaffaq bo'lgandi.