Murabbiy Xulen Lopetegi "Real"ning bugun ertalabki mashg'ulotini o'tkazgan.
ESPN reportyori Dermot Korrigan xabariga ko'ra, "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:5) birinchi mashg'ulot yopiq tarzda o'tkazilgan. Ammo matbuotning xabariga ko'ra, mashg'ulotda Lopetegi ishtirok etgan.
Avvalroq, "Real" bugun oqshomda yig'ilish o'tkazishi va Lopetegi iste'foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.