«Real» rahbariyati bugun bugun shoshilinch yig'ilish o'tkazishni rejalashtirdi. Ushbu majlisda klub bosh murabbiyi Xulen Lopetegining taqdiri borasida qaror qabul qilinadi.
Ispaniyalik murabbiy iste'foga chiqarilsa, uning o'rnini Antonio Konte egallashi kutilmoqda. Mazkur sabab tufayli italiyalik murabbiy Misrda o'tkazayotgan ta'tilni bekor qildi.
Lopetegi kechagi o'yindan keyin «Real» klubi futbolchilar bilan xayrlashishga ulgurdi.
Bugungi yig'ilish Madrid vaqti bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da boshlanadi.