“Barselona” tarbiyalanuvchisi Mark Krosas “Real” prezidenti Florentino Peresni tanqid ostiga oldi. U Xulen Lopetegining Ispaniya termasidan ketib, “Real” murabbiyiga aylanishini qoraladi.
Futbolchi tvitterdagi sahifasida shunday gaplarni yozdi: “Peres nimalar qilib qo'yganini tushunyaptimi? U o'z qarori bilan avval Ispaniyani, endi esa tarixdagi eng kuchli “Real”ni cho'ktirdi”.
Ma'lumot uchun, aynan “qirollik klubi” bosh murabbiyiga aylanganidan keyin Lopetegi Ispaniya terma jamoasidan bo'shatilgan, keyin uning o'rnini Fernando Yerro egallagan, oqibatda ispanlar jahon chempionatida sharmandali natija qayd etishgandi. Lopetegi kelganidan keyin esa “Real” xuddi shunday sharmandali natijani takrorladi.