Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peresning aytishicha, klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'yicha hech kimdan taklif kelmagan.
“Hech kim bizga Ronaldu yoki boshqa futbolchi borasida taklif bilan chiqmadi. Ronaldu bu erda hammadan muhim va hammadan kuchli”, – dedi Peres.
“Real” prezidenti portugaliyalik futbolchining Madrid klubidan ketish qaroriga o'z munosabatini bildirdi.
“Barchasini gazetalarda o'qidim. Bu muammoga echim hozircha yo'q. Unda amal qilib turgan shartnomasi bor, u “Real” a'zosi hisoblanadi. U bilan gaplashib olgandan so'ng barchasi aniq bo'ladi”, – dedi Florentino Peres.