«Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi «Barselona»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:5) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Ikkinchi bo'limda nisbatan yaxshi o'ynadik. Hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo to'p to'singa tegib qaytdi.
Afsuski, boshqa gol ura olmadik, omadimiz kelmadi. Futbolchimiz jarohat oldi. Uchinchi goldan keyin esa umidimiz butunlay so'ndi. Haddan ortiq darajada jazolandik», – dedi Lopetegi.