“Real” murabbiy Xulen Lopetegi boshqaruvida safardagi to'rtta o'yinda ketma-ket mag'lub bo'ldi.
“Qirollik klubi” dastlab “Sevilya”ga (0:3) keyin “Alaves” (0:1) hamda “Barselona”ga (1:5) yutqazdi. Shuningdek, EChL doirasida TsSKAga kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
E'tiborlisi, “Real” 2002 yilning yanvar-fevral oyidan so'ng ketma-ket 4 marta mag'lubiyatga uchradi.
O'shanda “blankos” murabbiy Visente Del Boske qo'l ostida primeroda “Espanol” (1:2), “Valyadolid” (1:2) va “Atletik” (1:2)ga yutqazgan. Bundan tashqari, “Real” Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki bahsida “Atletik”ga 1:2ga yutqazib qo'ygan.