Hozirgi holati haqida
- Operatsiyadan keyingi tiklanish davri ancha vaqt oladi. O'yinga qaytganimdan xursandman. Jamoamga yordam berishni va jismoniy holatimni yaxshilab olishni istayman.
Inqiroz haqida
- Bunday yomon natijalarga ko'nikish haqiqatan ham qiyin. Lekin bu jamoada olti yildan buyon o'ynar ekanman, «Real» hamisha qiyin vaziyatlardan chiqib ketgan. Hozir bizni tanqid qilayotganlar keyinchalik shunday «Real»ni ko'rishni istagandik, deyishadi. Bir so'z bilan aytganda, bizni hisobdan chiqarmanglar.
Jamoaning holati haqida
- Maydonga tushganimizda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Agar kerakli natijani qayd eta olmasak, uyg'a horg'in qaytamiz. Kiyinish xonasidagi muhitni yaxshi bilaman. U erda xotirjamlik va bir-biriga ishonch hukmron. Barchamiz bu holatdan chiqib ketishimizga ishonamiz. O'zimiz uchun kerakli natijani qayd eta olmayotganimizdan qayg'udamiz.
Jamoaga ishonishi haqida
- Men tasodiflarga ishonmayman. Agar ish haqida gapiradigan bo'lsam, biz ishlayapmiz. Lekin hammasini ko'ngildagidek uddalay olmayapmiz. Endi faqat oldinga intilishimiz kerak. Bunda bizga muxlislarning qo'llashlari foyda beradi.
Xulen Lopetegi haqida
- Lopetegi «Real»ni qabul qilishidan oldin men doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasdim. Shunga qaramay, u menga terma jamoadan joy berardi. Biz unga ishonamiz. Ishonchim komil, murabbiyimiz vaziyatdan chiqib ketadi.
Ramosning gaplari haqida
- Menimcha, Serxio murabbiyni almashtirish ahmoqlik ekanini ta'kidlaganda to'g'ri gapirgan. Xulenga ishlash uchun imkon berish kerak. Ikki oydan beri birgamiz. Boz ustiga, maydonga biz tushamiz. Agar murabbiyni haydasangiz, bizni ham haydashingizga to'g'ri keladi.