“Real” rahbariyati “Barselona”dan uchragan mag'lubiyatdan so'ng murabbiyni o'zgartirishga qaror qildi.
Onda Cero radiostantsiyasining xabar berishicha, “qaymoqranglilar” bugun amaldagi murabbiy Xulen Lopetegini iste'foga chiqarib, ertaga Antonio Konteni bosh murabbiy sifatida e'lon qiladi.
Eslatib o'tamiz, bugun “Real” Ispaniya chempionatidagi g'alabasiz seriyasini davom ettirdi.
Madridliklar “Barselona”dan yirik 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi va La ligadagi g'alabasiz seriyasini beshtaga etkazdi. “Real”ning La ligadagi so'nggi g'alabasi 22 sentyabr kuni “Espanol” bilan o'yin (1:0) da sodir bo'lgandi.
O'sha o'yindan so'ng murabbiy Xulen Lopetegi boshchiligidagi jamoa bir marta durang o'ynadi va to'rt marta mag'lub bo'ldi.