Madridning “Real” klubi bosh murabibyi Xulen Lopetegining iste'fosi yaqinga o'xshaydi.
Marca nashrining xabariga ko'ra, “Real” prezidenti Florentino Peres Kataloniyadan qaytishi bilan dushanba kuni direktorlar kengashi ishtirokida Xulen Lopetegi iste'fosi masalasini ko'rib chiqishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, bugun “Real” Ispaniya chempionatidagi g'alabasiz seriyasini davom ettirdi.
Madridliklar “Barselona”dan yirik 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi va La ligadagi g'alabasiz seriyasini beshtaga etkazdi.
“Real”ning La ligadagi so'nggi g'alabasi 22 sentyabr kuni “Espanol” bilan o'yin (1:0) da sodir bo'lgandi.
O'sha o'yindan so'ng murabbiy Xulen Lopetegi boshchiligidagi jamoa bir marta durang o'ynadi va to'rt marta mag'lub bo'ldi.