L’Équipe’ning bergan ma'lumotlariga ko'ra, madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o'rnini egallashi mumkin bo'lgan yana bir nomzod paydo bo'ldi.
Manbaning xabariga ko'ra, navbatdagi nomzod 52 yoshli mutaxassis portugaliyalik Leonardu Jardim. Ma'lumot uchun bir hafta oldin u “Monako”dan xaydalgan edi.
Eslatib o'tamiz, “Real” “el-klasiko”da “Barselona”ga yirik 5:1 hisobida yutqazib qo'ydi.