Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos “Barselona”ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Og'ir vaziyat, bugungi o'yin muhim edi. O'zimizni oqlamaymiz. Futbolchilar murabbiy bilan birga o'lishga tayyor.
So'nggi qarorni rahbarlar qabul qiladi. Endi nima bo'ladi, Kutamiz, chunki ular hozircha hech narsa degani yo'q”, - deydi Ramos.