O'yindan so'ng Kazemiro Movistar+ jurnalistiga intervyu berib o'tdi.
"Bizning bugungi o'yinimiz butun mavsumning aksidir. Biz yomon formadamiz. Biz murabbiyni ayblay olmaymiz, futbolchilar maydonda o'zlarini shunday xis etishmoqda. Barchasiga o'zimiz aybdor. Futbolchilar yugirishi kerak, kurashishi kerak chunki bu libos sizga shuni majbur etadi. 5-1 hisobidagi kartina bizning butun mavsumdagi yuzimiz.
Endi biz xotirjamlikni saqlashimiz va sabr qilishimiz kerak. Xa biz yaxshi o'ynamadik, lekin tinchlanib olishimiz kerak. Biz murabbiy ketishi haqida gapirishimiz kerak emas. Futbolchi maydonda o'ynaydi. Barchasiga biz aybdormiz.
Bu to'g'ri ikkinchi bo'limda bizda imkoniyatlar bo'ldi, balki bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Lekin bu bizning fojiali mavsum kutayotgani ifodasidir".
Bobojonov