«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya prokuraturasi oldida taslim bo'lmoqchi emas.
AS xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi o'zining aybsiz ekanini, barcha ayblovlar esa asossiz ekanini isbotlamoqchi.
Avvalroq, Ispaniya prokuraturasi futbolchini 14,7 mln evro miqdoridagi soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblagandi. Qirollik klubi esa unga bu pullarni to'lashni tavsiya qilgandi. Ammo Ronaldu bu ishni amalga oshirmoqchi emas.
Agar Ronaldu sudlashishga qaror qilsa, bu jarayon bir necha yilga cho'zilib ketishi mumkin.