Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko». «Barselona» – «Real» 5:1.

Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan «Barselona» – «Real» Madrid uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan «Barselona» – «Real» Madrid uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tgan o'yinda mezbonlar yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.

O'yin mezbonlarning ustunligida boshlandi va bu tez orada o'z samarasini berdi. 11-daqiqada o'z samarasini berdi: Xordi Alba o'ng qanotdan tezlik olib to'pni jarima maydoniga uzatdi, u erda nazoratsiz qoldirilgan Filippe Koutino yaqin masofada darvozani ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Rafael Varan o'z jarima maydoni ichida Luis Suaresni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi, hakam videotakrorlardan so'ng penalti belgiladi. Uni jabrlanuvchining o'zi aniq bajardi.

Ikkinchi bo'lim starti madridliklar ustunligada o'tdi va Marselo 50-daqiqada jamoasining kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu goldan so'ng mehmonlarda yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo ulardan samara chiqmadi.

Biroq 75-daqiqadagi Luis Suaresning goli barchasiga nuqta qo'yib berdi. 83-daqiqada Ramosning xatosidan so'ng mezbonlar hujumga o'tishdi va uni Suares gol bilan yakunladi.  87-daqiqada Arturo Vidal boshi bilan aniq zarba yo'llab yakuniy hisobni o'rnatdi.

La Liga, 10-tur

Barselona – Real Madrid 5:1 (2:0, 3:1)

Gollar: 1:0 – 11 Koutino, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutino (Dembele, 74), Suares.

Real Madrid – Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.

Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).

BestMaster
28 Oktyabr 2018, 22:20
«el-klasiko», «barselona», «real»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 ruziboy1997  
Barcaaaaaaaaaaa yordi ku ha realchilar ???
28 Oktyabr 2018, 22:33
ferinand
 ferinand  
E onasini sikay
28 Oktyabr 2018, 22:46
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads