"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi uchrashuvdan oldin press-konferensiyada qatnashdi.
"Faoliyatimdagi eng muhim to'qnashuv. "Barselona" va "Real" o'rtasidagi uchrashuvni boshqa qarama-qarshiliklarga tenglashtira olmayman. Umida qilaman, "Klassiko"dan keyin ham yashayman. O'laman deb o'ylamayman. Hammada zahira kuchi bo'ladi, mening barcha quvvatim, jamoaga yordam berishdan iborat.
Messining o'yinda qatnashmasligi meni qiziqtirmaydi, men faqat o'z jamoam haqida qayg'urmoqdaman. Biz kim bilan o'ynashimizdan qat'iy nazar himoyani mustahkam ushlashimiz kerak. Ularda Messi bo'ladimi yoki yo'q.
Ramos bizning sardor va ajoyib ishchi. Biz unga ega ekanligimizdan xursandmiz. Buyuk sardorlar ko'p va ulardan biri Ramos".
Bobojonov