Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko» oldidan matbuot anjumani. Xule Lopetegi

Bugun Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Barselona» klubi «Kamp Nou»da «Real»ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

Bugun Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Barselona» klubi «Kamp Nou»da «Real»ni qabul qiladi. Madridliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Lopetegining kelajagi borasida
«Nafas olishda davom etaman degan umiddaman. Tez orada o'laman, deb o'ylamayman. Har bir insonda quvvat manbai bo'ladi. Mendagi bunday energiya 100 foiz jamoaga yordam berishga qaratilgan».

Messining maydonga tushmasligi haqida
«Biz e'tiborni o'z o'yinimizga qaratganmiz. O'z imkoniyatlarimizni eng yuqori darajaga chiqarishga harakat qilyapmiz. Kerak bo'lganda, yaxshi himoyalanishimiz kerak. Raqib safida qaysidir futbolchining bor yoki yo'qligi bizni qiziqtirmaydi».

Jamoaning ruhiy holati haqida
«Futbolchilar menga ishonishmoqda, men esa ularga yanada ko'proq ishonaman. Menda hech qanday shubha yo'q. Shu bois, biz yaxshi ishlayapmiz va muxlislarimizni hursand qilishni istaymiz. Maqsadlarimiz ulkan va ertaga yaxshi o'yin o'tkazishni istaymiz».

Faoliyatidagi eng muhim o'yin haqida
«Hech qanday o'yinni «Real Madrid» – «Barselona» to'qnashuvi bilan taqqoslab bo'lmaydi: bu yuqori darajadagi o'yin, undan ko'p narsa kutish mumkin».

Bosim haqida
«Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. Bosim haqida o'ylayotganimiz yo'q, boisi, bu narsa bizning tayyorgarlik jarayonimizga xalal beradi. Ertaga eng yaxshi formada bo'lishni istaymiz».

Yuqori pressing haqida
«Yuqori pressing qo'llashdan to'xtaganimiz yo'q. Futbolda turli o'yin uslublari bor. Qanday o'ynashimizni ertaga ko'rasiz».

Klubning murabbiyga nisbatan shubhasi haqida
«Men o'zimning murabbiylik ishimga e'tiborni qaratganman. Boisi, qiladigan ishim shundan iborat. Siz yozayotgan narsalar klubga yordam bermaydi. Barcha chiziqlarda samaradorlikni oshirishga harakat qilamiz. Men kuch-quvvatimning biror qismini bu savolga javob berish uchun sarflashni istamayman».

Marselo jurnalistlar bilan to'qnashuvi haqida
«Bunday holatlar sizning foydangizga xizmat qiladi, ammo bizga yordam bermaydi. Men uchun Marseloning mashg'ulotdan qanday ishlayotgani muhim. O'zimizning vaziyatni o'zgartirishimiz mumkin. Hozir endigina oktyabr oyi. Biz futbolga bir qirg'oqdan nazar solsak, siz boshqasidan qaraysiz. Bizning manfaatlarimiz to'qnash kelmaydi».

Futbolda nima muhim: hissiyot yoki taktika?
«Har ikkalasi muhim. Bundan tashqari, futbolga taalluqli boshqa mayda detallar bor. Ular ham juda muhim».

Isko va Marselo haqida
«Marselo avvalgi o'yinda shunchaki kuchli zarba qabul qildi. Hozir uning holati yaxshi va mashg'ulotlarda yaxshi ishtirok etdi. Isko bir oylik tanaffusdan keyin endi futbolga qaytdi. U hali birorta to'liq o'yinda ishtirok etmadi. Ko'ramiz, ertaga qanday tarkib maydonga tushadi».

O'ng qanot himoyachisi haqida
«Bu joyda kim o'ynashini bilaman. Bu pozitsiyada o'ynay olishi mumkin bo'lgan barcha shogirdlarimga ishonaman».

Birinchi bo'limning muhimligi haqida
«O'yin 90 daqiqa davom etadi. Barcha chiziqlarda samarali o'ynashimiz kerakligi haqida aytib o'tdim».

Ramosning o'rni haqida
«U — bizning sardor va o'zini shungo mos tutyapti. Jamoada shunday o'yinchi borligi — bu bizning baxtimiz. Tarixda buyuk sardorlar ko'p bo'lgan, Ramos — ulardan biri».

BestMaster
28 Oktyabr 2018, 09:10
«el-klasiko», oldidan, matbuot, anjumani, xule, lopetegi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads