Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Barselona”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
“Hozirgi holatimizni inqiroz deb o'ylamayman. Mavsum endi boshlandi. Ertangi o'yinga kelsak, bu o'yinda yaqqol kuchli jamoa yo'q.
Bu uchrashuvni muxlislar intiqlik bilan kutishadi. Chunki, ikki jamoa ham yuqori darajadagi futbolni namoyish qilishadi. O'yin boshlanishiga bir kun bor, biz bu o'yinga yaxshi sharoitda borishimiz uchun imkoniyatimiz etarlicha”, — deydi ispaniyalik mutaxassis.
Ma'lumot uchun, “Barselona” – “Real” bahsi ertaga, 28 oktyabr, Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.