“Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn Londondagi kelajagini muhokama qilib ko'rdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz hujumchisi “Tottenxem”da kerakli sovrinlarni qo'lga kirita olishiga ishonmayapti va “Real”ga o'tmoqchi. Xususan, Keyn Chempionlar ligasida g'olib chiqmoqchi.
Agar “Real” Keynga qiziqadigan bo'lsa, hujumchi “qirollik klubi” uchun zaxira variant bo'ladi, xolos. Chunki “qaymoqranglilar”ning asosiy maqsadi hamon Neymar bo'lib qolmoqda.