"Real" klubining yosh futbolchisi Vinisius Junior «Kastilya» safida Segunda B ligasi doirasida «Selta B»ga qarshi o'yinda maydonda chetlatilgandi.
Futbolchi 67-daqiqada raqib o'yinchisi bilan tortishuv tufayli dastlabki sariq kartochkani olgan bo'lsa, 87-daqiqada simulyatsiya sabab ikkinchi ogohlantirishini oldi va maydonni tark etdi. "Qaymoqranglilar" Ispaniya futbol federatsiyasiga appelyatsiya berib, Juniorning ikkinchi sariq kartochkani bekor qilinishini so'rashdi. Boisi, klubning fikricha, o'sha pallada Vinisius simulyatsiya ishlatmagan, aksincha raqib bilan to'qnashuv oqibatida yiqilgan.
Federatsiyaning musobaqalarni o'tkazish qo'mitasi ushbu shikoyatga rad javobini berdi va Juniorni ikkita o'yinga diskvaliikatsiya qildi. Shundan so'ng "Qirollik klubi" ushbu masalada Apellyatsiya qo'mitasiga murojaat qildi. Qo'mita "Real"ning talabini qondirdi va futbolchining ikkinchi sariq kartochkasini bekor qildi.
Shu tariqa, Xulen Lopetegi braziliyalik futbolchini "Barselona"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritishi mumkin. Agar u "klasiko" uchun kengaytirilgan ro'yxatdan o'rin olmasa, «Kastilya»ning bugun bo'ladigan «Fuenlabrada»ga qarshi o'yinida maydonga tushishi mumkin.
Junior ushbu mavsumda "Real" bosh jamoasi takribida hozircha 12 daqiqa harakat qildi.